Xalqaro avtomobilsiz kun: xalq ta’limi vaziri ishga qariyb 8,5 kilometr piyoda yo‘l bosib keldi
22 sentyabr - Xalqaro avtomobilsiz kunni joriy yilda O‘zbekistonda ham nishonlash bo‘yicha e’lon qilingan tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimizda barcha rahbarlar va xodimlarning shaxsiy namuna sifatida xizmat va shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan holda ish joyiga piyoda yoki velosipedda kelish hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya etilgan edi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugun Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechib, qariyb 8,5 kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tdi va yurtdoshlarimizga shaxsiy namuna ko‘rsatdi.