Xalqaro ahamiyatdagi A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining 718–723-kilometrlar oralig‘idagi qismi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur yo‘l qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hududidan o‘tadi.
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025–2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Orolbo‘yida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa hududlarda, ayniqsa, mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizni Yevropa davlatlari bilan bog‘laydigan strategik avtomagistralda olib borilgan rekonstruksiya ishlari natijasida mazkur avtomobil yo‘lining texnik holati yaxshilanib, harakat xavfsizligi va transport oqimining uzluksizligi ta’minlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri