Xalqaro astronomiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Sochi shahriga jo‘nab ketgan edi.
15-22 sentyabr kunlari Sochida o‘tkazilgan mazkur olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Ildar Xashayev, Nozimjon Shavkatjonov, Muhammad Abdumalikov, Javohir Sa’dullayev kumush, Dilshodbek Rajabov hamda Abdulloh Mamaniyozov esa bronza medaliga erishdi. Ularga Astronomiya instituti tayanch doktoranti Yodgor Rajabov rahbarlik qildi.
2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari hamda 1 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritgandi.
O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi yutuqlari yildan yilga ortib borayotgani yurtimizda astronomiya sohasining rivojlanishiga katta turtki bo‘lishiga ishonamiz.
N.Rahmonova, O‘zA