Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro anjumanlar volontyorlarning kasbiy rivojlanishiga imkoniyat yaratadi
13:11 / 2026-01-29

Ilm va ma’rifat beshigi bo‘lgan Buxoroda “Bukhara International Chemistry Olympiad (BICHO-2026)” hamda “Bukhara International Mathematics Olympiad (BIMO-2026)” xalqaro fan olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ushbu olimpiadalarning barcha bosqichlarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda mamlakatimizdagi 50 dan ortiq OTM vakillari ishtirok etdi. Rossiya, Turkmaniston, Iordaniya, Pokiston, Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Tojikiston kabi 10 dan ortiq davlatdan jamoalar o‘z akademik salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

“Bu olimpiada O‘zbekistonda oliy ta’lim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi bo‘lib, yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sohasida tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi. Universitetda barcha darajadagi ishtirokchilarni kutib olish, ochilish marosimi, individual va jamoaviy turlarni o‘tkazish uchun zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlar yaratilgan edi. Auditoriyalar, laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari va volontyorlarning faolligi yuqori baholandi”, – dedi Turkmanistonlik ishtirokchi Muhabbat Zeferjonova.

BuxDU  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustam Jumayev O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajada rivojlanishi yoshlarning ilmiy, ta’lim va madaniy aloqalarini mustahkamlash, ilmiy almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ham keng imkoniyatlar yaratishini qayd etdi.

“BICHO-2026” hamda “BIMO-2026” xalqaro olimpiadalari yuqori saviyada muvaffaqiyatli o‘tkazildi. BuxDU volontyor talabalari tashrif buyuruvchilarga amaliy yordam berish orqali yirik xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishlari, tashabbuskorligi, madaniyat va jamoat ishlariga bo‘lgan yuksak mas’uliyati bilan ahamiyatli bo‘ldi. Xususan, yosh bo‘lajak jurnalist talabalar uchun xalqaro talabalar obrazini yoritish va jamiyatda ochiq suhbatlar amaliyotini kengaytirish zarurligini ko‘rsatdi. Bu kabi anjumanlar yoshlarni muhim amaliy marralarga intilishga chorlaydi hamda ruhiy qanot bag‘ishlaydi", – dedi BuxDU  O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori Bashorat Jamilova.

Dilnoza AHADOVA,

volontyor, BuxDU jurnalistika yo‘nalishi talabasi.