English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro anjumanda agrar islohotlarimiz taqdim etildi
21:43 / 2023-07-25

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishtirok etdi.

Mazkur forumda 2021 yil BMT Oziq-ovqat tizimi bo‘yicha sammiti yakunlari, Barqaror rivojlanish maqsadiga erishishning asosiy omili sifatida oziq-ovqat tizimini transformatsiya qilish orqali erishilgan yutuqlar baholandi.  

160 davlatdan kelgan 2000 dan ziyod delegatlar ishtirok etayotgan tadbirda butun dunyo e’tiboridagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi. Jumladan, vazirimiz mamlakatimizda 600 ming oilaga 200 ming gektar yer berilgani, ta’lim muassasalarida bepul ovqatlanish uchun 204 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari ajratilganiga to‘xtaldi.  

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan, ayni paytda mamlakatdagi o‘zlashtirish imkoni mavjud 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanishga yo‘naltirilgan.  

A.Voitov bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar Prezident tomonidan belgilab berilgan strategiyaga muvofiq, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish orqali dehqonlar daromadini oshirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarda namoyon bo‘layotganini ta’kidladi.  

M.Komilova, O‘zA