Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro anjuman oldidan
16:22 / 2024-10-16

Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Prezidentimizning 2024 yil 15 avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etiladi.  

Ayni anjuman arafasida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan Sherobod tumanidagi Imom Termiziy majmuasida seminar o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalarimizdan biri Imom Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. 

 [gallery-19784]

Jonibek QO‘ZIMURODOV  (surat), O‘zA