English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali yakunlandi
15:41 / 2023-04-21

Bugun, 21 aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov bunday ijodiy loyihalar milliy tasviriy san’atimizda erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish imkonini berganini ta’kidladi.

Bir hafta mobaynida poytaxtimiz ko‘rgazma zallarida qiziqarli ko‘rgazmalar, ijodiy muloqotlar, davra suhbatlari, ijodiy anjumanlar, mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda qiziqarli taqdimotlar, ochiq osmon ostidagi mashg‘ulotlar tashkil etildi.  

Yurtimiz va xorijlik rassomlar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollari belgilandi.

Festival yakunida g‘oliblar  ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha diplom hamda esdalik sovg‘alari, oltin, kumush, bronza medallari, rag‘batlantiruvchi diplomlar bilan taqdirlandi.

 

N.Usmonova,

O‘zA