Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro akkreditatsiya forumiga to‘laqonli a’zo bo‘lishning ahamiyati qanday?
12:26 / 2020-11-20

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "O‘zstandart" agentligi tomonidan Xalqaro akkreditatsiya forumiga to‘laqonli a’zo bo‘lishning ahamiyati, Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlarining kompetentligini baholash borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, manfaatdor tomonlar uchun markaz faoliyati, akkreditatsiya jarayoni va muvofiqlikni baholash organlari to‘g‘risidagi zarur axborotni www.akkred.uz rasmiy veb sayti orqali erkin olish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, markaz tomonidan iste’molchilarga yetkazib beriladigan mahsulotlar xavfsizligi va sifatini oshirish hamda mahalliy mahsulotlar eksportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Akkreditatsiya faoliyati ichki va tashqi bozor munosabatlarining rivojlanishi, O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishga, iste’mol qilayotgan mahsulotlarimizning xavfsiz va yuqori sifatli ekanligiga ishonch qozonishda va xalqaro bozorda o‘zbek brendi o‘z o‘rnini egallashida muhim ahamiyatga ega.

Milliy akkreditatsiya tizimini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish maqsadida Akkreditatsiya markazi IAF tashkilotining ko‘p tomonlama tan olish bitimiga qo‘shilgan xorijiy davlatlarning akkreditatsiya organlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.  

Xalqaro akkreditatsiya forumi doirasida dunyoning 74 ta akkreditatsiya idorasi teng xuquqli a’zo bo‘lib, IAF ko‘p tomonlama tan olish bitimi ishtirokchisi hisoblanadi (MLA). Bitim imzolovchilari 10 mingga yaqin akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlashtirish organlarining global tarmog‘ini tashkil qilgan.

Aynan shu global tarmoqqa va akkreditatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotga O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimi nomidan Akkreditatsiya markazi 2021 yilda a’zo bo‘lishni maqsad qilgan.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA