Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro akkreditatsiya forumiga a’zo bo‘lishning ahamiyati nimada?
18:43 / 2020-11-20

Milliy matbuot markazida “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan “Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) ga to‘laqonli a’zo bo‘lishning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Ma’lumki, akkreditatsiya faoliyati ichki va tashqi bozor munosabatlarini rivojlantirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, iste’mol qilinayotgan mahsulotlar xavfsiz va sifatli ekaniga ishonch hosil qilishda, o‘zbek brendining xalqaro bozorda o‘z o‘rnini egallashida muhim ahamiyatga ega.

Ayni payt dunyoning 74 akkreditatsiya idorasi Xalqaro akkreditatsiya forumiga teng xuquqli a’zo bo‘lib qo‘shilgan va IAF ko‘p tomonlama tan olish bitimi (MLA) ishtirokchisi hisoblanadi. Bitimni imzolaganlar 10 mingga yaqin akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlashtirish organlaridan iborat global tarmoqni tashkil qilgan. 

Akkreditatsiya markazi 2021 yilda aynan shu global tarmoqqa va akkreditatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotga O‘zbekiston nomidan a’zo bo‘lishni maqsad qilgan.

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA