Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xalq uchun” operasi teatr sahnasida
19:13 / 2020-11-24

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Qurbanboy Zaretdinovning «Xalq uchun» operasi premerasi bo‘lib o‘tdi.

Premera oldidan teatr direktori A.Niyetullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari J.Abdijamilov davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda milliy madaniyatimiz bilan san’atimizni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligi qayd etildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi aholiga manzur bo‘ladigan bir qator yangi asarlarni namoyish etmoqda. bugungi kungacha teatrda birinchi qoraqalpoq operasi «Ajiniyoz», so‘ngra «To‘maris» va «Guloyim» asarlari sahnalashtirilgan bo‘lsa, qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Xalq uchun» operasi tomoshabinlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Asardagi voqealar Berdaqning uyidagi ko‘rinish bilan boshlanadi. Shoir hayotining oxirgi yillarida yaratgan «Yernazar biy» poemasini shogirdi Qulmurod shoirga o‘qib bermoqda.

Bundan keyin shu davrdagi aholining og‘ir hayoti, kanal qazuvchilarning qiyinchiliklari, odamlarning nohaq surgunga yuborilishi, qizlarning zo‘rlab erga berilishi kabi ko‘rinishlar tomoshabinlarda alohida qiziqish uyg‘otadi.

Asarning musiqa rahbari va dirijyori O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Q.Zaretdinov, liberotto mualifi Qoraqalpog‘iston xalq shoiri K.Karimov, sahnalashtiruvchi rejissyor M.Usenov, sahnalashtiruvchi rassom T.Shardemetov, xormeysterlar A.Tolepova, Q.Kinjeboyev, A.Muxammetsheripova, baletmeyster O‘zbekiston xalq artisti A.Sharipov va boshqalarning mehnatini alohida qayd etish zarur.

Asosiy rollarni Saparboy Shermanov (Berdaq), Abat Ashirov (Qulmurod shoir), O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Eliza Aytniyazova (Hurlimon), O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Roza Qutekeyeva (Biybitxon), Farid Uzoqbergenov (Qulman bo‘lis), Gulbanu Reypnazarova (Pariyzot) va boshqa aktyorlar mohirlik bilan ijro etgan.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA