Xalq ta’limidan xayrli tashabbus: ''Ziyo dunyosi bog‘i” tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yurtimizda e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” doirasida respublikamiz umumta’lim maktablarida “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” aksiyasini e’lon qildi.
Aksiya doirasida Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan “Maktabni yashil maskanga aylantiraylik” amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Viloyat maktablarida “Ziyo dunyosi bog‘i” yaratish boshlandi.

Shu munosabat bilan Boyovut tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabi hududida Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ziyo dunyosi bog‘i”ning ilk ko‘chatlari o‘tqazildi.

Shu bilan birga 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbekiston yashil makon” mavzusida insholar tanlovi hamda 6-7-sinflar o‘rtasida “Eng obod maktab” rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Shuhrat Suyarov , Furqat Toshmatov, (surat), O‘zA