Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ta’limi vazirligining barcha hududiy bo‘linma rahbarlari ishtirokida respublika bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkaziladi
15:35 / 2022-10-27

Joriy yilning 27-28 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkaziladi.

Unda fuqarolar hamda soha xodimlari xalq ta’limi tizimiga oid barcha masalalar, savol va takliflar bilan murojaat etishi mumkin. 
 
Sayyor qabullarning o‘tkazilishiga doir ayrim ma’lumotlar (manzili, vaqti) bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 
 
Andijon viloyati: 28 oktyabr kuni Jalaquduq tumani Pedagogika kollejida soat 10:00da. 
 
Navoiy viloyati: 27 oktyabr kuni Nurota tumani, «Avazsoy» mahalla fuqarolar yig‘inida, soat 16:00da. 
 
Samarqand viloyati: 28 oktabr kuni soat 15:00 Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi binosi, «Pulimug‘ob» MFY, Panjikent ko‘chasi, 345-uy. 
 
Sirdaryo viloyati: 28 oktyabr kuni soat 09:00da Shirin shahar, Amir Temur MFY, Shirin energetika kolleji binosida. 
 
Surxondaryo viloyati: 27 oktabr kuni Sho‘rchi tumani Madaniyat uyi binosida soat 16:00 da 
 
Toshkent viloyati: 27 oktyabr kuni soat 14:00da Bekobod shahar xalq ta’limi bo‘limi binosida. 
 
Farg‘ona viloyati: 28 oktyabr 10:00 da Farg‘ona tumani Xalq ta’limi bo‘limi binosi, Vodil qishlog‘i, Marg‘ilon ko‘chasi 52-uy. 
 
Xorazm viloyati: 27 oktabr kuni Bog‘ot tumanidagi 47-sonli IDUMda soat 11:00 da 
 
Toshkent shahar: 27 oktyabr kuni soat 17:00da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, «Barkamol avlod» bolalar maktabi.  

O‘zA