Xalq ta’limi vazirligida xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi - KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish loyihasining barcha bosqichlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasining asosiy maqsadi yurtimizning yetakchi davlat organlarida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kompleks tizimlarni tashkil etish va joriy qilishdan iborat ekanligi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, loyiha doirasida ishlab chiqilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi hujjatlarning asosiy qoidalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qoidalar muhokama qilindi.
Seminar doirasida ishtirokchilar fikrlari tinglanib, vazirlikda tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi tizim nima uchun zarurligi, uning elementlari, mohiyati va vakolatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi, shuningdek, vazirlikning korrupsiyaga qarshi tartib-qoidalari, huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa kanallari, barcha majburiyatlar yuzasidan savol-javob o‘tkazildi.
O‘quv-seminari yakunida KPMG mutaxassislari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
O‘zA