Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ta’limi vaziri – Zominda
18:00 / 2021-10-03

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov xizmat safari bilan Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, qobiliyatlarini namoyon qilishga ko‘maklashish yo‘lida izchil choralar ko‘rilmoqda. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida ushbu umumta’lim maktabi qoshida ham to‘garaklar tashkil etilgan.

Ushbu xizmat safari davomida Xalq ta’limi vaziri maktabda o‘quvchi va o‘qituchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Sh.Shermatov ushbu ta’lim muassasasi qoshida 5 muhim tashabbus bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. To‘garaklarda bo‘lib, iqtidor sohiblari ijrosidagi qo‘shiqlarni tingladi.

Shuningdek, maktab qoshidagi pazandachilik, IT va robotatexnika yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslar, chilangarlik, duradgorlik, sartaroshlik kabi kasb-hunar to‘garaklari a’zolari bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 muhim tashabbus borasida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, o‘quv jarayoni xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli maslahatlarini berdi.

A.Qayumov, O‘zA