Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ta’limi vaziri tizimdagi islohotlar uchun Oliy Majlis Senatidan yordam so‘radi
12:25 / 2021-01-27

So‘nggi yillarda tizimdagi pedagog-kadrlarning sifat tarkibi yaxshilandi.

Xususan, oliy toifali o‘qituvchilar soni 9,4 foizga, birinchi toifali o‘qituvchilar soni 6 foizga oshgan.

Bu Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisida xalq ta’limi vazirining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining umumiy o‘rta ta’limga oid qismi ijrosi yuzasidan axborotida ma’lum qilindi.  

Xalq ta’limi vaziri ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarni jamiyatdagi mavqeini oshirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash yo‘nalishlarida katta islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Jumladan, 2020 yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarning 23 foizi o‘sha yilgi maktab bitiruvchilari bo‘lib, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egalladi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda 30 foiz edi.

Umuman, bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga kirmagan maktablar soni 3 baravarga (2019 yilda - 2126 ta, 2020 yilda - 692 ta) kamaydi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida 12 ta yo‘nalish bo‘yicha variativ o‘quv rejalar joriy qilindi.

Ta’limdagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi bir qator vazifalarni belgilab olgan.

Xususan, malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilib, 2021-2022 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Ta’lim sifati past maktablarda ta’lim sifatini oshirish va ijobiy tajribani keng tarqatish maqsadida pedagog-o‘qituvchilarni muddatli shartnoma asosida boshqa tuman va viloyatlarga mehnat faoliyatini olib borish uchun yuborish, bunda malakali o‘qituvchilar tanlov asosida tanlab olinib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Xalq ta’limi vaziri kelgusida tizimda amalga oshiriladigan islohotlarni samarali tashkil etishda Oliy Majlis Senatining yordami zarurligini qayd etdi.

Jumladan, umumta’lim muassasalariga jonkuyar, mas’uliyatli rahbarlarni tayinlashning shaffof va adolatli tizimini yaratish, mahalliy hokimliklar tomonidan maktablarda ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilishiga qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish, jumladan, isitish tizimlarini ta’mirlash, qo‘shimcha jihozlash va boshqalarga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

“Axborot texnologiyalari vazirligi bilan hamkorlikda respublika bo‘yicha 7 mingdan ortiq (70%) maktabga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i olib borildi va bu jarayon joriy yilda 100 foizga olib chiqiladi. Lekin internetdan foydalanish xizmatlariga mablag‘ ajratilmasa, bu islohotlar bekor bo‘lib qoladi”, deydi Sherzod Shermatov.

Shu bois vazir mahalliy byudjet shakllantirilishi va ijrosi nazorat qilinishi jarayonida bu masala alohida nazoratga olinishini so‘radi.