Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
16:05 / 2021-01-07

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan “Sayyor qabullar oyligi” doirasida Ishtixon tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.

 Qabulda Ishtixon, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi va pedagog-xodimlarining xalq ta’limi sohasiga doir murojaat, shikoyat va takliflari eshitildi.

 Murojaatlarning aksariyati maktablarni ta’mirlash va qurilish ishlari olib borish, atrofini o‘rash, kompyuter va boshqa jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, ta’lim muassasasiga ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘ldi.  

 Maktablarda qo‘shimcha sinfxonalar qurish, binolarni ta’minlash va jihozlash bilan bog‘liq masalalar tegishli davlat idoralari bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, hal etilishi tushuntirildi. Qayd etilishicha, bu yil tegishli dasturlar asosida viloyatda 2 ta yangi maktab quriladi. 37 muassasada qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun davlat byudjetidan 174 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajaratilishi belgilangan.

 Qabul davomida tushgan 27 ta murojaatning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi.

 – Mutaxassisligim psixolog, - deydi ishtixonlik Xonzoda Qudratova. - Men foaliyat olib borgan kasb-hunar kolleji tugatilgach, vaqtincha ishsiz bo‘lib qoldim. Sayyor qabulda xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga ish so‘rab murojaatim qildim. Tumanimizdagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida psixolog sifatida ishlaydigan bo‘ldim.

 G‘.HASANOV, O‘zA