Xalq taʼlimi vazirligi: Har bir maktab faoliyatini boshlash uchun maxsus sxemalar ishlab chiqiladi
Kuni kecha, 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Kuni kecha, 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davridagi yangi oʻquv yilida oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlagan holda taʼlim jarayonlarini davom ettirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi tadbirlar yuzasidan xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
"Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda 2020 — 2021 oʻquv yilini qanday boshlash va oʻquv sharoitida oʻquvchilar xavfsizligini qanday taʼminlash, shuningdek, ularni sifatli taʼlim olishlari taʼminlash masalasiga bagʻishlandi.
Buning uchun shu hafta davomida respublikamizdagi barcha maktablarda ota-onalar ishtirokida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnoma natijasida aksariyat ota-onalar, yaʼni 76 foizi farzandlarini maktabga borishini maʼqullagan. Mazkur soʻrovnomaga asosan, Xalq taʼlimi vazirligi, mutasaddi vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat vakillariga topshiriqlar berildi.
Birinchi navbatda, maktablarni yangi oʻquv yilida toʻliq tayyorligini taʼminlash. Buning uchun 7-sentyabrgacha muhlat berildi. Shu muddatgacha boʻlgan davrda, avvalo, maktablardagi sharoitni taʼminlash, xususan, maktab binosining qaysi eshigidan boshlangʻich sinf oʻquvchilari, qaysi eshigidan yuqori sinf oʻquvchilari kiradi, qoʻl yuvish sharoiti, binoni dizenfeksiya qilish uchun sanitar sharoitni taʼminlash, har bir maktabni ochishda maxsus sxemalar ishlab chiqilishini Xalq taʼlimi vazirligi nazorat olishi belgilab berildi."