English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ta’limi vaziri: “Bizga kuchli deputatlar kerak”
15:29 / 2019-11-01

Xalq ta’limi vaziri, Xalq demokratik partiyasi a’zosi Sherzod Shermatov O‘zbekiston XDP XI qurultoyida quyidagi fikrlarni bildirdi:


Xalq ta’limi vaziri, Xalq demokratik partiyasi a’zosi Sherzod Shermatov O‘zbekiston XDP XI qurultoyida quyidagi fikrlarni bildirdi: 

– Partiyaning Saylovoldi dasturida ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik masalalariga e’tibor qaratilgani juda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

Hammamiz qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan jamiyat tuzishga harakat qilyapmiz. Mana shu masalada partiyamiz ham o‘zining munosib hissasi, ovozi va so‘ziga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun parlamentda yetarli o‘rinni egallash talab etiladi. Parlamentning muhim yo‘nalishlaridan biri davlat budjetini tasdiqlash masalasidir. Bunda fraksiyamiz a’zolari ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar xususida o‘z fikrlarini bildiradi.

Masalan, ta’lim sohasiga budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar ortyaptimi yoki kamayyaptimi? Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortyaptimi, kamayyaptimi kabi savollarga to‘g‘ri javob olish kerak. Fraksiyamiz a’zolari bu borada o‘z pozitsiyasini qat’iy bildira olsa, kelasi yilgi budjetni tasdiqlashda o‘z takliflarini ilgari surish imkoniga ega bo‘lishadi. Natijada ta’lim sohasida rivojlanish, o‘sish sur’ati yanada ortadi.

Aytaylik, 12 yillik majburiy ta’lim 11 yillikka o‘tgach, ajratilayotgan mablag‘larda qanday o‘zgarish bo‘ldi? Bu savolga budjet muhokamasi jarayonida javob topamiz, deb umid qilamiz.

Yana bir masala. Keyingi paytlarda budjetdan ortgan mablag‘ mahalliy hokimliklar hisobida qolmoqda. Tabiiyki, har bir hokimlik o‘ziga yarasha mablag‘ga ega. Ushbu mablag‘larning qaysi sohaga taqsimlanishi bo‘yicha ham mahalliy Kengashlar deputatlari o‘z so‘ziga, o‘z fikriga ega bo‘lishi kerak. Misol uchun, Namangan viloyatida mahalliy budjetdan ortgan mablag‘lar ta’lim sohasiga ajratildi. Natijada birorta ham eski maktab qolmadi. Barchasi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurildi, rekonstruksiya qilindi.

Bir so‘z bilan aytganda, elektoratimiz manfaatlari hamda partiyamiz g‘oyalarini himoya qila oladigan kuchli deputatlar kerak bo‘ladi. O‘ylaymanki, ana shunda ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz va saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalarni bajaramiz.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati