Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“XALQ SUGʻURTA” kompaniyasi sugʻurta mukofotlari hajmi 19,9 milliard soʻmni tashkil etmoqda
21:25 / 2019-06-19

Milliy matbuot markazida aksiyadorlik tijorat Xalq banki tasarrufidagi “XALQ SUGʻURTA” kompaniyasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim qilinayotgan zamonaviy sugʻurta turlari boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi.


Milliy matbuot markazida aksiyadorlik tijorat Xalq banki tasarrufidagi “XALQ SUGʻURTA” kompaniyasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim qilinayotgan zamonaviy sugʻurta turlari boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda soha mutaxassislari soʻnggi yillarda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar va sugʻurtalash borasida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi. Kompaniyaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston sugʻurta bozorida mikrosugʻurta mahsulotlari boʻyicha xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishdan iborat.

– Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kompaniyamizning 15ta filiali va mazkur filiallar negizida tashkil etilgan 18ta hududiy boʻlinmalari faoliyat koʻrsatmoqda, – deydi “XALQ SUGʻURTA” kompaniyasi direktori oʻrinbosari Abdulaziz Xalilov. – Joriy yil 1-iyun holatiga koʻra, kompaniyamiz tomonidan yigʻilgan sugʻurta mukofotlari hajmi 19,9 milliard soʻmni tashkil etdi. Shundan 8,1 milliard soʻmi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sugʻurtalash, 7,1 milliard soʻmi ularning transport vositalarini sugʻurtalash va boshqa sugʻurta turlari hisobiga toʻgʻri keladi. Kompaniyaning joriy aktivlari yil boshidan buyon 56 million soʻmdan ortiqni tashkil qilmoqda.

Tadbirda sugʻurtalovchilarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda sugʻurtalashni tartibga solish uslublarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

“XALQ SUGʻURTA” tomonidan aholining barcha qatlami uchun tushunarli boʻlgan, soddalashtirilgan sugʻurta shartlari boʻyicha turli takliflar ishlab chiqilib, realizatsiya qilinmoqda. Jumladan, “Migrant” sugʻurtasi boʻyicha sugʻurtalangan fuqaro chet elda baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda yoki vafot etganda uni Oʻzbekistonga qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha harajatlar, shuningdek, sogʻligʻini tiklash harajatlari sugʻurta puli doirasida sugʻurta kompaniyasi tomonidan toʻlab beriladi.

Bundan tashqari, “Jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash (geografik hudud)” va “Shinam uy” kabi sugʻurta turlaridan ham aholi tizimli ravishda foydalanmoqda.

Tadbirda sugʻurta bozorini rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning mol-mulklarini kafolatlash borasidagi masalalar ham muhokama etildi.

Reklama huquqi asosida