Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Boyovut tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda tumanning 20 dan ortiq mahallasidan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Jami 198 ta murojaat qabul qilindi, shundan 165 tasi tuman aholisiga tegishli bo‘lib, ular asosan ichimlik suvi, ishsizlik, elektr ta’minoti, nafaqa, yer va mulk, sog‘liqni saqlash sohasiga oid bo‘ldi.
[gallery-24292]
“Asosiy maqsadimiz — har bir fuqaroni tinglash, uning muammosiga befarq bo‘lmasdan, yechimini joyida topish. Xalq roziligi — faoliyatimizning bosh mezoni bo‘lishi shart”, — dedi Erkinjon Turdimov.
Qabulda ichimlik suvi yetkazib berilishi 30–35 yildan buyon muammoli bo‘lgan mahallalar, elektr ta’minotidagi uzilishlar, yog‘ingarchilik paytida suv to‘planishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalarning ijtimoiy muhofazasi, shuningdek yer, soliq, ishsizlik va huquqiy masalalar bo‘yicha ko‘plab dolzarb muammolar ko‘tarildi.
Qabul jarayonida viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, soliq va adliya organlari rahbarlari ham ishtirok etib, murojaatlarga yechim izlashda faol ishtirok etdi. Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sayyor huquqiy xizmatlar ko‘rsatildi. Joyida huquqiy maslahatlar berildi, arizalar qabul qilinib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi esa ishsizlar uchun amaliy imkoniyatlar eshigini ochdi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar biriktirildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Eng muhimi 10 kundan so‘ng ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil va muhokama etilishi belgilandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ABmVXiwcbNY?si=LLnAQETh23Tn-ugc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari