English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq qabulxonasi: ish, nazorat va amaliyot
16:38 / 2021-03-31

Buxoro viloyati Jondor tumani Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlarda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tumandagi sektorlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, davlat organlari, siyosiy partiyalar va deputatlar bilan hamkorlik tizimi shakllantirilgan.

– Tuman Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlardan hudud deputatini xabardor qilish, har bir murojaatni ijobiy hal etilishida deputatlar ishtirokini ta’minlash maqsadida telegram kanalida “Deputatlarga murojaat” guruhi ochilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Feruz Tursunov. 

– O‘tgan 2020 yilda tuman xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning 1 ming 755 ta murojaati qabul qilindi. Ulardan ayrimlari qonuniy hal qilish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborildi. Boshqalarining ijrosi nazoratga olindi. Murojaatlarning 428 tasi yuqori tashkilotlarga, 1 ming 326 tasi tuman hududidagi tashkilotlarga qonuniy hal qilish uchun yuborildi. Ularning 1 ming 175 tasi qanoatlantirilib, ijobiy hal etildi.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, 314 ta murojaat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi yo‘nalishida, 149 ta murojaat ish bilan ta’minlash, 74 ta murojaat gaz ta’minoti, 63 tasi bank-kredit, 83 ta murojaat namunaviy uy-joylar qurilgan massivlarda ichimlik suvi tarmog‘i va yo‘l qurilishi, 44 tasi tadbirkorlik, 32 tasi turar joylarni ta’mirlash, 13 tasi sog‘liqni saqlash, 55 tasi prokuratura faoliyatiga oid, 29 tasi majburiy ijro, 13 tasi kadastr xizmati, 10 tasi transport xizmati, 54 tasi fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash, 28 tasi elektr energiyasi ta’minoti hamda 369 tasi boshqa sohalarga tegishli.

[gallery-1838]

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati xalq qabulxonasi tomonidan doimiy ravishda tahlil qilinib, muvofiqlashtirilib boriladi. Murojaatlardagi masalalarni hal etilishida Qonun talablarini buzish holatlari yuzasidan 9 ta taqdimnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar asosida tumandagi tegishli tashkilot va idoralarning 7 nafar xodimiga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan. 2 nafar xodimning oylik ish haqidan 30 foiz saqlab qolish haqida qaror qabul qilingan.

Tumandagi 7 ta tashkilotlar, jumladan, Yer-mulk kadastri tuman bo‘limi, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, “Hududgaz” tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, MIB tuman bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari korxonalarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 7 ta taqdimnoma kiritildi.

2020 yilda sektorlarda aholi muammolari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar Xalq qabulxonasi tomonidan muntazam ravishda muvofiqlashtirib borildi. Ularning faoliyati 16 marotaba monitoring qilindi. O‘tkazilgan monitoringlar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida sektor rahbarlari hamda tuman hokimligi va boshqa tashkilotlarga 36 ta taqdimnoma kiritildi. Mazkur taqdimnomalar asosida tumandagi tashkilotlarning 28 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.  

Sektorlar va hududdagi korxona, tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlashi, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borgan ishlari har oyda umumlashtiriladi. Ularning faoliyatlariga baho berish maqsadida, har bir chorak yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga axborotnomalar kiritiladi. Mazkur axborotnomalar asosida o‘z sohalari yo‘nalishida kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Tumandagi xalq qabulxonasi tomonidan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash va bartaraf etilishiga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hamda tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, shuningdek hududlarda tashkil etilgan sayyor ommaviy qabullar jarayonida qayd etilgan murojaatlar natijasidan kelib chiqqan holda tumandagi olis va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan 6 ta hudud, ya’ni Luqmon, Samonchuq, Murg‘ak, Aleli, Oytug‘di va Dovud mahallalari 2021 yil boshlanishidan “Og‘ir hududlar” sirasiga kiritildi. Ushbu hududlarda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.  

 

Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA