French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq qabulxonalari bugun xalqimizning ishonch manziliga aylana oldi
16:10 / 2020-04-30

Ishonch. Inson uchun baxt omillaridan biri bu.


Ishonch. Inson uchun baxt omillaridan biri bu. Prezident Xalq qabulxonalari bugun xalqimizning ishonch manziliga aylana oldi. Bunga esa yetarlicha asos bor. Aniq raqamlar fikrimizning isbotidir.

Joriy yilning birinchi choragi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasiga aholi tomonidan jami 2 ming 91 ta murojaat kelib tushgan. Ularning aksar qismi, yaʼni 90 foizi tezkorlik bilan hal etilgan.

Jumladan, Kosonsoy tumani “Jar” mahallasi aholisini maktab masalasi yillar davomida qiynadi. Qishning chillasi-yu yogʻingarchilik kunlarda uzoq masofa bosib qoʻshni qishloqqa ilojsiz qatnab taʼlim olayotgan yoshlar uchun bu masalaga nuqta qoʻyildi. Nabixon ota Salomovning mahalla nomidan Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati qisqa fursatlarda koʻrib chiqilib, ijrosiga kirishildi. 8,2 milliard soʻm mablagʻ evaziga qurilayotgan 420 oʻrinli maktab sentyabr oyida ish boshlaydi.

Erta uchun qaygʻurish bugun toʻgʻri tadbir koʻrmoqdan boshlanadi. Kelajak egalari yoshlarni ishli, mulkli qilish – eng dolzarb masala va istiqbolning mevasi aslida. Yaxshi tajribaga aylangan viloyatdagi yoshlarga issiqxona qurib berish loyihasi minglab taqdirlarning burilish nuqtasi boʻldi. Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan koʻplab murojaatlar asosida Kosonsoy tumanidagi 28 gektar yer maydoni 220 nafar kam taʼminlangan, koʻmakka muhtoj yoshlarga 8 sotokdan boʻlib berildi. Qurilayotgan issiqxonalar endi yoshlarning daromad manbai boʻladi. Xorij mamlakatlarida ishlab, ming bir qiyinchiliklarni boshdan oʻtkazgan Bahodir Toshpoʻlatov ham bugun oʻz elida oʻz yeriga ega boʻldi.

Koʻptarmoqli fermer xoʻjaligini yoʻlga qoʻyishga kirishgan “Ibodulla GOLD invest” FX rahbari dastlab yer maydoni yetishmovchiligi sabab muammolarga duch keldi. U bu masala bilan Xalq qabulxonasiga bordi va shu yerda yechim topishiga erishdi. Kosonsoy tumanining chekka hududidan yer maydoni ajratildi. Hozirda 120 ta qoramol, 225 bosh qoʻy, 25 ta tuyaqush va 30 quti asalari boqayotgan xoʻjalik rahbari bu ishlar hajmini yana-da kengaytirish niyatida. Namangan viloyat Xalq qabulxonasi xoʻjalikka zarur boʻlgan yer maydonini yana-da kengaytirish borasidagi masalani ham tez kunlarda hal qilishini bildirdi.

Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, Xalq qabulxonasi aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlashda qator tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, “Terriy Jar Tekstil” korxonasida ishlayotgan 700 nafar ishchining 60 nafari aynan Xalq qabulxonasi mutasaddilari tavsiyasi bilan ishga qabul qilingan.

Kosonsoy tumani “Bahoriston” mahallasi fuqarolarining yangi bolalar bogʻchasiga zarurati yuzasidan qilgan murojaati ham tez orada oʻz yechimini topdi. Qishloqda mazkur 100 oʻrinli maktabgacha taʼlim maskani endi bolajonlar un xizmat qiladi. Karantin tugashi bilanoq bu maskan kichkintoylarni oʻz bagʻriga oladi.

Prezident Xalq qabulxonalari ezgu yoʻldagi saʼy-harakatini, mehnatini davom ettiraveradi.