English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq manfaati yo‘lida ishonchli hamkorlik
15:52 / 2023-02-03

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

– Memorandum mehnatkashlarning huquq va erkinliklarini oshirishda hal qiluvchi omil bo‘lib, mehnat sohasida xalqaro hamda milliy standartlarni keng targ‘ib etish,  munosib mehnat konsepsiyasini ro‘yobga chiqarishda ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini samarali safarbar etishda ahamiyatga ega. Shu jumladan, sohada qonunlar ijrosi ustidan parlament hamda jamoatchilik nazoratining salohiyati va samaradorligini oshirish, ijtimoiy-mehnat sohasiga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarlikka oid materiallarni ko‘rib chiqishda o‘zaro ko‘maklashishdan iborat, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha  vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Xuseynova. – Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda unda aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.  

Qolaversa, malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida xodimlar o‘rtasida kasbga oid hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, kasaba uyushmalari tashkilotlari yuridik xizmati hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlarining malakasini oshirish, sohadagi muammolarni tadqiq qilish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish ko‘rsatilgan. Memorandumga ko‘ra, ijtimoiy-mehnat sohasida Ombudsman hamda kasaba uyushmalarining faoliyati natijalari yuzasidan o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy-mehnat sohasiga oid qonunchilik hamda huquq amaliyotini takomillashtirish, huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan birgalikda takliflar ishlab chiqish, taraflarning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishda bir-birlariga ko‘maklashish, ijtimoiy-mehnat sohasi qabul qilingan. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini hamkorlikda davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish orqali keng jamoatchilikka yetkazishga kelishildi.  

Qabul qilingan memorandum, har ikkala tashkilotning fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.  

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA