English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!
17:12 / 2023-04-03

Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi farovonligini yanada oshirish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish muhim omil sifatida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” mavzuida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda akademiya kursantlariga yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari, mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrining bundanda yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.    

Shuningdek, so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarimiz, islohotlarning ortga qaytmasligi, ularning ishonchli konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash, ushbu erishilgan natijalar, huquq va erkinliklardan kelajak avlodlarimiz emin-erkin foydalanishi uchun ularni Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish zarurligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.  

Tadbir so‘ngida Konstitutsiyaning muhim jihatlari xususida kursantlarning fikr-mulohazalari tinglandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA