Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq ishonchini qozonib saylangan deputatning yuki ogʻir boʻladi
12:12 / 2020-07-06

Xalq ishonchini qozonib saylangan deputatning yuki ogʻir boʻladi.


Xalq ishonchini qozonib saylangan deputatning yuki ogʻir boʻladi. Chunki bunda xalq eʼtibori va ishonchiga masʼuliyat va majburiyat bor. Saylovchilar oʻzi saylagan deputatga dardini aytib, muammolarining yechimi xususida maslahat soʻraydi.

Dunyo miqyosida oladigan boʻlsak, har bir rivojlangan va iqtisodiy-ijtimoiy sohada boy, aholisiga har qanday qulayliklar mavjud davlatlarda qonun ustuvorligi, sud-huquq organlari faoliyatidan xalq rozi boʻlib yashab kelmoqda. Qonun ustuvorligi va tartib bor joyda albatta, rivojlanish boʻladi.

Qonunchilik jozibadorligini oshirishdagi asosiy boʻgʻinlardan biri, bu - Oliy Majlis qonunchilik palatasi hisoblanadi. Shu oʻrinda, bu tizimda ham, ayni damda yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda va yoshlarga tengdoshlari nomidan chiqib, yoshlarning huquqlarini talab etishdek masʼuliyatli ishlarda oʻzini sinab koʻrishga zamin yaratib berilmoqda.

Shu maqsadda, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilishi ham yuqoridagi gapimizni isboti boʻlib xizmat qiladi.

Xabaringiz bor, bugungi kunda pandemiya davrida karantin sharoitida koʻplab tashkilotlarda, xususan, Oliy taʼlim muassasalarida onlayn konferensiyalar, forumlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti faol talabalari ana shunday tashabbuslarni ilgari surib, onlayn suhbat uyushtirdi. Konferensiyada deputat Rasul Kusherbayev ishtirok etdi. Dastlab, ishtirokchilar Zoom orqali roʻyxatga olindi. Respublika Oliy taʼlim Kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Oʻktam Umrzoqov “Yoshlar parlamenti, qonunchilikda yoshlarga oid islohotlar” mavzusidagi onlayn suhbatni ochib berdi. Onlayn suhbatda 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi hamda bir vaqtning oʻzida Faysbook ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli efirda koʻplab yurtdoshlarimiz ham ishtirok etishdi.

Rasul Kusherbayev dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ish jarayoni bilan oʻrtoqlashdi.

Keyin, esa interaktiv savollarga navbat berildi. Moderatorlar tomonidan talabalarning va ishtirokchilarning Yoshlar parlamenti, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda taʼlim tizimiga doir savollari berildi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash 
muhandislari instituti Matbuot xizmati