English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq irodasini ta’minlagan mahallalarda xavfsiz muhit va uning huquqiy asosi
12:12 / 2025-02-04

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson hayoti mahalla, oila bilan uzviy bog‘liq. Bu borada mahalla tizimini yanada takomillashtirish, oilalarda ijtimoiy-sog‘lom muhitni yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash borasida ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda.  

Albatta, bu ishlarni olib borishda mahalla asosiy tayanchga aylandi. Bunda davlatimiz rahbarining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoni dasturilamal bo‘layotir.  

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarorida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish vazifalari belgilangan. Huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirish, shu bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishdek dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.  

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ham «Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish» ustuvor vazifa etib belgilangan.  

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalla yettiligi” tomonidan bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatish, fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish kabi bir-biridan muhim ishlar olib borilmoqda.  

Xonadonlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, har bir mahallaning o‘sish nuqtalari aniqlab olindi. “Xonadonbay”, “oilabay” ishlash tizimi, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilganiga nafaqat xalqimiz, balki dunyo hamjamiyatining havasi kelmoqda va e’tirof etilmoqda. Huquqshunos olima sifatida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etar ekanman: olimlarning mahalla institutimizga qiziqishi meni quvontiradi. Mahalla o‘zbek xalqining qadimiy, tarixiy maskani, deb faxr ila gapiraman. Darhaqiqat, bugun mahalla – haqiqiy ma’naviyat beshigi. Olim ham, rahbar ham, oddiy fuqaro ham o‘z mahallasi, o‘z oilasi va xonadoniga ega. Har bir xonadondagi haqiqiy ahvol mahallaga ma’lum. Shunday ma’naviyat qo‘rg‘onida poraxo‘r, yolg‘onchi va firibgar, xudbin va jinoyatchi bekinib yashay oladimi? Albatta, yo‘q.  

Firuza Muhitdinova,  

TDYUU professori,  

Mirobod xalq deputatlari kengashi deputati.