Buxoro viloyatida Prezidentimizning 2025 yil 26 martdagi “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida hayit bayrami yuksak saviyada nishonlanmoqda.
Yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar qatori viloyatdagi 106 ta jome masjidda 160 mingdan oshiq namozxonlar hayit namozini o‘qishdi. Masjidlarda aholi uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi. Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda buxorolik ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida duolar qilindi.
Hayit bayrami arafasida “Vaqf” xayriya fondi, shuningdek, tashabbuskor homiylar tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylariga yordam ko‘rsatildi. “Muruvvat” uylarida xayriya tadbirlari amalga oshirildi.
Muqaddas qadamjo hamda qabristonlar obodonlashtirildi.
[gallery-22572]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.