French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq diplomatiyasi rivojiga qaratilgan tadbir
20:30 / 2021-11-23

O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan «Xalq diplomatiyasi rivojida xalqaro axborotning ahamiyati» mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida madaniy, ilmiy, ma’rifiy dasturlarni tashkil etish, o‘zaro delegatsiyalar almashinuvi, dolzarb mavzudagi xalqaro forumlar, badiiy ko‘rgazmalar, musiqa festivallari va sport tadbirlarini o‘tkazish doirasida markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, xalqaro axborotning ahamiyati va uning o‘zga xos jihatlariga to‘xtalib, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi muassis hisoblangan markaz tadbirlarini, xalq diplomatiyasi yutuqlarini xalqaro matbuotda keng yoritishga alohida e’tibor qaratilayotganini, ko‘plab jurnalistlar bu borada faollik ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalarning global axborot makonidagi o‘rni tobora ortib borayotganligi, ularning faoliyati uchun zamon talablariga mos keladigan barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, madaniy-gumanitar sohadagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

O‘zaro fikr almashish va munozaralar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari markaz faoliyatini takomillashtirish va keng ko‘lamda yoritish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Shuningdek, yurtimizda amalga oshayotgan islohotlarni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda faol qatnashgan bir guruh jurnalistlarga markaz tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA