Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq deputatlari Urganch shahar kengashining qirq yettinchi sessiyasi o‘tkazildi
19:30 / 2021-12-17

Joriy yilning 17 dekabr kuni Urganch shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining qirq yettinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada Urganch shahar deputatlari, shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Unda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev boshchiligida 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar xususida Urganch shahar aholisiga murojaat yo‘lladi.

– bugungi yig‘ilishdan asosiy maqsadimiz joriy yil davomida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan ulug‘vor vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha siz, hurmatli shahrimiz faollari bilan birgalikda amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilish, kelgusi yilda oldimizda turgan vazifalarni belgilab olishdan iborat, – deya Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahrimiz aholisiga o‘z murojaatini yo‘llashni boshladi.

Murojaatda shahrimizdagi hudud aholisini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar, hududda yangi ishlab chiqarish sub’ektlarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash borasida so‘z bordi.

– Yakunlanib borayotgan yilda shahar iqtisodiyotining barcha yo‘nalishlari barqaror o‘sishi borishi ta’minlanib kelinmoqda.

Xususan, Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yilda 1913,3 mlrd. so‘m bo‘lib, o‘sish 103,6 foizni tashkil qilgan. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13 mln. 255 ming so‘mni, shaharning viloyat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 19,9 foizni tashkil qilgan. 2021 yilning hozirgi davriga qadar Urganch shahar bo‘yicha 100 ta 3,64 gektar bo‘sh yer uchastkalari aniqlangan, shundan 5 ta 0,915 gektar yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasiga chiqarilgan, 5 ta holatda 0,915 gektar yer uchastkalari 945 mln. 65 ming 497 so‘mga sotilgan.

Shuningdek, Urganch shahar hokimi shahrimizda "Temir daftar", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oilalar xususida ham to‘xtalib o‘tdi:

– "Temir daftar"ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalar 2165 tani, oila a’zolar soni 8476 ta, shundan mehnatga layoqatli ishsizlar 1951 tani tashkil qiladi. 1905 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 5 nafariga chorvachilik, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida jami 93 mln. so‘mlik kreditlar ajratildi.

bugungi kunda shahar aholisining 26 ming 600 nafarini (yoki 18,1 foizini) 18-30 yoshdagi yoshlardan iborat bo‘lib, shundan 16 ming 78 nafari bilan so‘rovnoma o‘tkazildi, bugungi kun holatiga ushbu yoshlardan 6 ming 145 nafari «Yoshlar daftari»ga kiritilgan.

O‘tgan davr mobaynida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan jami yoshlarning 5 837 nafari (94,8 foiz) daftardan chiqarildi - dedi Urganch shahar hokimi o‘z nutqida.

Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev shahar aholisiga murojaatini Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning «Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish – davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir. Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo‘lida keksayu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladilar, yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lib maydonga chiqishlariga ishonaman» degan fikrlari bilan yakunladi.

Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevning mazkur murojaatidan so‘ng, yig‘ilganlar tomonidan qarsaklar yangradi.

Shuning bilan yil yakuniga bag‘ishlangan Urganch shahar hokimining shahrimiz aholisiga murojaati o‘z nihoyasiga yetdi.

Shuningdek, tadbir davomida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Matbuot anjumani yakunida, shahrimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yarmarkasi va press-tur o‘tkazildi, deya xabar beradi Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA