Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining qirq uchinchi sessiyasi o‘tkazildi
20:25 / 2024-05-14

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyat hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, videoselektor tarzida shahar va tumanlar studiyalarida hokimlar, sektorlar rahbarlari, mahalliy kengashlar deputatlari ishtirok etdi. 

Sessiya ishini Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshqardi. 

Dastlab viloyat hududiy saylov komissiyasining 21 nafar a’zodan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.

 [gallery-17405]

Sessiya davomida 10 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, viloyatda joriy yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash, viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil yakuni va 2024 yil birinchi choragi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024 yil birinchi choragi davomida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda ularning Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash ahvolini o‘rganish yakunlari, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakilining 2023 yildagi faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. 

Viloyat rahbari hamda deputatlar tomonidan har bir mavzu atroflicha muhokama qilinib, yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA