Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq demokratik partiyasi ham prezidentlikka o‘z nomzodini e’lon qildi (+video)
16:44 / 2021-08-07

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning ishtirokiga oid va Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatiladigan bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

[gallery-3330]

Xususan, partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatiladigan bo‘lajak nomzod bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etish uchun tegishli qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng Prezident sayloviga Maqsuda Vorisova Azizovna nomzodi taklif etildi.

Plenum ishtirokchilarining fikr-mulohazalari asosida partiya tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Maqsuda Vorisova nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

Sherali Otaboyev, Nishon Abduvoitov (video), O‘zA