Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq demokratik partiyasi 34 yoshda!
15:56 / 2025-11-03

Bu yil O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganiga 34 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joylarda partiya tashkilotlari tashabbusi bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlarda partiyaning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, uning xalq manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishdagi faoliyati, yurtimiz taraqqiyoti, aholi turmush darajasini yuksaltirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini amalda qaror toptirish yo‘lidagi munosib hissasi alohida e’tirof etilmoqda.  

Xususan, partiya Markaziy kengashida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda partiya yetakchisi U.Inoyatov ishtirok etib, o‘tgan 34 yillik faoliyat natijalariga to‘xtalib o‘tdi.  

Tadbirda uzoq yillar davomida partiya Dasturini amalga oshirishda, uning g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazishda, dasturiy maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda faollik va fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan partiya a’zolariga “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.

Shuningdek, partiya Markaziy Kengashi, hududiy tashkilotlari, deputatlik birlashmalari faoliyati, erishilgan natijalar tahliliy ko‘rib chiqildi. Kelgusidagi ustuvor vazifalar, barcha yo‘nalishlardagi faoliyatni yanada takomillashtirish, tashabbuskorlikni oshirish masalalari muhokama etilib, fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA