Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi
13:39 / 2021-02-10

Andijon shahrida ijtimoiy va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki viloyat boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘z bordi.

Tadbirda Xalq banki viloyat boshqarmasi mutaxassislari, Andijon shahridagi 83 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi bir guruh ayollar ishtirok etdi.

Andijon shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nargiza Ulug‘bekovaning ma’lum qilishicha, hozirga qadar Andijon shahrida “Ayollar daftari”ni shakllantirish jarayonida 87 ming nafarga yaqin ayolning shart-sharoitlari o‘rganib chiqilib, ularni qiynayotgan 16 mingga yaqin muammo aniqlangan. Bundan tashqari, 995 nafar ayol o‘z tadbirkorligini boshlash istagini bildirgan.  

[gallery-1097]

– Maqsadimiz shahar hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalardagi qiyin sharoitda yashayotgan, ish bilan band bo‘lmagan ayollarning muammo va imkoniyatlarini o‘rganish orqali ularga ko‘maklashishdir, – deydi Xalq banki Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dildoraxon Zulunova. – O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘layotgan ishsiz ayollar bu borada muayyan bilimga egami, bank kreditidan foydalana oladimi, mahsulot tayyorlash, sotish, kreditni qaytarish imkoniyatlari qay darajada? Ana shu yo‘nalishlarda opa-singillarimizga zarur bilim, tushuncha, tavsiya va maslahatlar berish bizning asosiy vazifamizdir.

Seminarda Xalq banki viloyat boshqarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar hamda “Hunarmand” uyushmalari viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda mahallalarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, hududlarni o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda biznes-loyihalar ishlab chiqishga o‘rgatish va kredit olishlariga ko‘maklashish, kredit ajratilgandan so‘ng xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan ishlar olib borilishi aytib o‘tildi.  

Shuningdek, bank mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga biznes-loyihalar tayyorlash, kredit olish tartiblari, kreditdan maqsadli foydalanish hamda tadbirkorlikni samarali yuritish singari qator masalalar yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.

– Mahallamizda bir necha ayol tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yana bir guruhi o‘z faoliyatini kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida kredit olish bo‘yicha murojaat qilgan, – deydi Andijon shahridagi “Xursandlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ulfatxon Teshaboyeva. – Ushbu seminar aynan ana shu murojaatlarni ijobiy hal etish, eng asosiysi, ishsiz opa-singillarimizning bandligini ta’minlashga yordam beradi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMURZOQOV (surat), O‘zA