Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki xalqaro bank-moliya muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
12:30 / 2019-06-21

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki chet el banklari bilan kredit liniyalari sohasidagi hamkorlik ishlarini jadallashtirgan.


O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki chet el banklari bilan kredit liniyalari sohasidagi hamkorlik ishlarini jadallashtirgan.

Bu jarayonda Xalq banki bilan “Zurich Investment Services Ltd” va “Cargill Financial Services International, Inc.” investitsiya kompaniyalari o‘rtasidagi bazaviy bitim Buyuk Britaniyaning London shahrida imzolanishi kutilmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Zafar Zohidov hamda Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod Salamovning sa’y-harakatlari natijasida “Cargill Financial Services International, Inc.” investitsiya kompaniyasidan 40 million yevro miqdorida uzoq muddatli kredit liniya olinmoqda.
Ushbu kredit Xalq banki tarixida birinchi marta davlat kafolatisiz olinayotgan kredit hisoblanadi. Kreditning birinchi transhi tariqasida 
Ayni paytda 22 million yevro olingan bo‘lib, qolgan transhlarning moliyalashtirilishi o‘zaro hamkorlikda belgilanadi.

Mazkur liniya Xalq bankiga barcha mamlakatlardan uskunalar va xizmatlar importiga doir loyihalarni moliyalashtirishda o‘z resurs bazasini kengaytirish hamda uning chet el bozoridagi mavqeini yaxshilash imkonini beradi.