Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki Uchtepa filialida mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda
17:01 / 2018-05-18

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida mavjud binolar zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash bilan birga mijozlarga qulay sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish tizimini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida mavjud binolar zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash bilan birga, mijozlarga qulay sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish tizimini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda. 

Xususan, yaqinda bankning Toshkent shahar Chilonzor va Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq filiallari to‘liq qayta ta’mirlandi. Uchtepa filialida mijozlarga tezkor va sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yildi.

Bank binosiga kiraverishdagi militsiya posti o‘rniga, mijozlarga maslahat beruvchi “Resepshn” xizmati tashkil etilgan. Bu yerda bank mutaxassisi mijozlar savollariga javob qaytaradi. Shuningdek, mijozlarga tez va qulay xizmat ko‘rsatish uchun xalqaro standartlardan kelib chiqib, “Front ofis” va “Bek ofis”lardan iborat bank xizmatlar markazi tashkil etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, ortiqcha ovoragarchiliklarga, keti uzilmaydigan navbatlarga va tushunmovchiliklarga chek qo‘yiladi.

Bugungi kunda Xalq banki Uchtepa filiali tomonidan qariyb 10 300 nafar mijozga, 30 000 dan ortiq pensionerga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

– Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muofiq bank xizmatlari markazi tashkil etilgandan so‘ng, bir necha muammolarga ijobiy yechim topildi, – deydi chakana xizmatlari bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek To‘rayev. – Ya’ni avvallari bankka kelgan mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish alohida xonalarda tashkil etilganligi uchun mijozlar ko‘p vaqt navbat kutib qolshishlariga, turli bo‘limlarda ortiqcha vaqt sarflanishiga to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda yangi tashkil etilgan “Front ofis”da aholi va tadbirkorlar uchun barcha bank xizmatlarini 1 ta joyda ko‘rsatilishi erishildi. Buning natijasida xizmat ko‘rsatish sifati oshdi, mijozning sarflaydigan vaqti kamaydi va o‘z navbatida ish unumdorligi deyarli 2 barobarga oshdi. 

Mazkur bank tomonidan mijozlarga onlayn bank xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ham yaratilgan. Ya’ni, mijoz o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalarni bankka bormasdan istagan vaqtda internet orqali bajarishi, ularning holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks etishiga doir ma’lumotlarni olishi mumkin.

– Men avvallari bankga ish bilan kelganimda 1 soatgacha navbat kutib, 3-4 ta xonalarga kirib chiqishga majbur bo‘lar edim, – deydi bankning doimiy mizozi Bobur Sattorov. – Hozirda meni xursand qilgan jihati bankka kirishim bilan bank maslahatchi xodimi kutib olishi, bitta bank xodimi tomonidan barcha muammolarim bir joyni o‘zida yechilyotgani hamda uzog‘i 5-6 minutda barcha ishlarimni tugatayapman. Bundan men va boshqa barcha mijozlar Xalq bankidan minnatdormiz.

Bundan tashqari, bank tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llab-quvatlash maqsadida jismoniy shaxslar uchun “Xalq Mobile” mobil banking ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bilan o‘zlarini xalqaro kartalarini to‘lov kartalari orqali istalgan joyda onlayn tarzda konvertatsiya qilishlari mumkin. Shu bilan birga, mijoz ushbu ilova yordamida o‘z kredit to‘lovlarini so‘ndirishi, omonatlariga hisoblangan foizlarni kuzatib borishi va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minot tizimidagi tushgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni onlayn xabardor bo‘lishi imkoniyatlari ham mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aholi va tadbirkorlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qulayliklar yaratish belgilangan. Jumladan, 2018-yil 1-iyuldan boshlab tijorat banklariga mijozlar dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishi va bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimidagi o‘zgarishlar ham ana shu qarordan kelib chiqib amalga oshirilayotir. Xalqqa sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish bundan keyin ham Xalq bankining ustuvor vazifasi bo‘lib qolaveradi.

Reklama huquqi asosida