English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki tadbirkor ayollarning biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi
14:25 / 2019-10-26

Poytaxtimizdagi “ Oʻzkoʻrgazmasavdo” majmuida boʻlib oʻtayotgan “Businesswomenexpo – 2019“ xalqaro koʻrgazmasida mamlakatimizning turli hududlaridan hamda qoʻshni davlatlardan kelgan tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etmoqda.


Poytaxtimizdagi “ Oʻzkoʻrgazmasavdo” majmuida boʻlib oʻtayotgan “Businesswomenexpo – 2019“ xalqaro koʻrgazmasida mamlakatimizning turli hududlaridan hamda qoʻshni davlatlardan kelgan tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi va bir qator mahalliy hamda xorijiy tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan koʻrgazmada tadbirkor ayollar oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini namoyish qilayotir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlar, xususan, xotin-qizlar ishbilarmonligi muhitini yaxshilan uchun yaratilayotgan sharoitlar soha rivojida oʻz ifodasini topayotir. Bu kabi loyihalar esa tadbirkorlarimizga tajriba almashish, oʻz mahsulotlariga xorijdan talabgorlarni topish, tadbirkorlikdagi yangiliklardan koʻproq xabardor boʻlish imkonini beradi.

Koʻrgazmada mamlakatimizdagi bir qator moliya muassasalari, xususan, Xalq banki ham faol ishtirok etmoqda.

Xotin qizlarning biznes yuritishlari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni liberallashtirish, soddalashtirish, kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga mamlakatimizdagi bir qator moliya muassasalari qatorida aksiyadorlik tijorat Xalq banki ham oʻz hissasini qoʻshayotgani eʼtiborga molik.

Xalq banki tomonidan Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni ijrosi doirasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur hujjat asosida bugungi kunga qadar 1 ming 451 loyiha ijrosiga 32,2 milliard soʻmlik kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, bank tomonidan yana 89 loyihaga 4,5 milliard soʻm miqdorida mablagʻ berilishi maʼqullangan.

– Joriy yilda bankning oʻz mablagʻlari hisobidan 34 ming 641 tadbirkor ayolga 554,6 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi, – deydi Xalq banki Kredit faoliyatini tashkil etish departamenti boʻlim boshligʻi Avloqulov Mashrab. – Buning natijasida 35 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi hamda byudjetga 1,1 milliard soʻmlik soliq tushumlari tushishi taʼminlandi. Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 639 nafar tadbirkor ayollarga 7,4 milliard soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi. Shu bilan birga hududlarda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida oʻrganishlar olib borildi. Masalan, Andijon viloyatida 32 ta yoʻnalish boʻyicha 419 ta ixtisoslashgan mahalla oʻrganib chiqildi. Shundan, 63 ta mahallada 16 ta oʻziga xos yoʻnalish boʻyicha 6,9 milliard soʻm miqdorida kreditlar ajratildi. Mahsulot ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi natijasida 630 kishi ish bilan taʼminlandi.

Yaqinda Xalq banki bilan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi oʻrtasida xotin-qizlarga oilaviy hamda xususiy tadbirkorlikni tashkil yetishda imtiyozli kreditlar ajratishni yoʻlga qoʻyish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirishda moddiy va tashkiliy koʻmak berishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida 100 milliard soʻmlik bitim imzolandi.

Ushbu bitim ham bu sohadagi ishlarni yanada kengaytirishga turtki boʻlmoqda. Chunki ushbu bitimga binoan, Xalq banki ularning oilaviy va xususiy tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish barobarida, tashkiliy koʻmak beradi. Joriy yil davomida ajratilgan 100 milliard soʻmlik resurs mablagʻlari hisobidan bugungi kunga qadar 3 ming 213 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 86,2 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasida 4 ming 820 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Xalq banki mutaxassislari “Businesswomenexpo – 2019“ xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etayotgan tadbirkor xotin-qizlarga sohadagi mana shu kabi yangiliklar va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan yurtimizda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorligini rivojlantirish hamda ragʻbatlantirib borishga doimiy eʼtibor qaratilayotgani ahamiyatga molik.

Reklama huquqi asosida