Mamlakat aholisining 30 foiziga xizmat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekistonning birinchi banki – Xalq Banki o‘zining 149 yilligini moliya sohasida ta’lim olayotgan yoshlar bilan nishonladi.
Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari Agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilari va bank xodimlarining farzandlari ishtirok etdi.
Bu muhim sanani mamlakatimizning kelajak avlodlari bilan birga o‘tkazish, Xalq Bankining o‘sib kelayotgan yosh mutaxassislarga bo‘lgan ishonchi va ularning salohiyatini rag‘batlantirish, ertangi kunga ishonch ramzidir.
Bank tarixi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875 yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995 yil 4 oktyabrdagi qaroriga asosan «O‘zjamg‘armabank» davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi «Aksiyadorlik tijorat Xalq banki» nomiga o‘zgartirilgan.
O‘zA