Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki mas’ullari joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
13:45 / 2025-10-27

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va uning samarali rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Xalq banki mas’ullari joylarga chiqib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Joriy yilning 23–24 oktyabr kunlari Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova boshchiligidagi delegatsiya Qibray tumanidagi “Bayitqo‘rg‘on” hamda Sergeli tumanidagi “Farog‘atli” mahallalaridagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning 60 ga yaqin murojaati ko‘rib chiqildi, shuningdek, 30 dan ziyod korxona va faoliyat yurituvchi sub’ektlarning ish jarayoni o‘rganildi.

Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlar hamda tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda kichik biznesni kengaytirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, kredit va imtiyozli dasturlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunlarida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

O‘zA