Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki: chorvachilikka doir innovatsion loyihalarga moliyaviy madadkor
09:00 / 2018-03-27

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbari rahnamoligida qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbari rahnamoligida qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar olib borilmoqda. Xususan, chorvachilik sohasini ilmiy asosda tashkil qilish, aholi va fermer xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan chorva zotlarini mahalliylashtirish, sun’iy urug‘lantirish asosida chorva bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Unga ko‘ra, chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish ko‘lamini kengaytirish hamda naslchilik xo‘jaliklariga keng qulayliklar yaratish maqsadida «O‘znaslchilik» korxonasining Buxoro, Nukus va Farg‘ona filiallari ochildi. Ushbu yangi tuzilmalar faoliyati samaradorligini ta’minlash, chorvachilikka doir loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish maqsadida esa aksiyadorlik-tijorat Xalq banki mas’ul muassasa sifatida biriktirildi.


Ayni paytda bank nasilli va zotdor mollarni yurtimizga olib kelib, ularni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
2017-yilda Xalq bankining moliyaviy ko‘magida «O‘znaslchilik» korxonasiga Germaniya davlatidan 62 bosh Golshtin, Angler, Simmental va Shvits zotli naslli buqalar olib kelinib, korxonadagi naslli buqalar soni 132 boshga yetkazildi.

Shuningdek, «Qayqubodnaslchorva» MChJ negizida tashkil qilingan Farg‘ona filialiga Germaniya davlatidan 26 bosh naslli buqalar hamda Ukraina davlatidan sun’iy urug‘lantirish laboratoriyasi uchun zarur dastgohlar olib kelindi. Mazkur ishlar uchun bank tomonidan 4 mlrd. 600 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashqari, o‘tgan yili ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat bosqichga ko‘tarish maqsadida xorijdan 1 700 dona naslli buqaning muzlatilgan urug‘larini uzoq muddatga saqlashga mo‘ljallangan dyuar idishlar olib kelinib, ular viloyatlardagi naslchilik xo‘jaliklariga teng taqsimot asosida tarqatildi.

– Bugungi kunda «O‘znaslchilik» korxonasida 132 bosh, Buxoro viloyati bo‘limida 40 bosh va Farg‘ona viloyati bo‘limida 26 bosh nasilli buqa saqlanmoqda, – deydi korxona xodimlaridan biri. – Ushbu korxonalar yiliga 6 mln. 500 ming dozadan ortiq naslli buqalarning urug‘ini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Xorijdan har tomonlama sinovdan o‘tkazilib olib kelingan zamonaviy dyuar idishlar mazkur nasilli buqalar urug‘larini uzoq muddatda sifatli saqlashda yaxshi samara bermoqda. Bu boradagi ishlarni ko‘ngildagidek hayotga tadbiq etishda esa Xalq banki tomonidan yo‘naltirilgan 1 mlrd. 800 mln. so‘mdan ziyod kredit mablag‘lar muhim rol o‘ynadi.

Mamlakatimizda naslli va zotdor mollarni ko‘paytirishga astoydil kirishgan Xalq banki jamoasi shuningdek, Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida zamonaviy laboratoriya uskunalaridan iborat chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish punktlarini tashkil qildi. Endilikda mazkur sun’iy urug‘lantirish punktlarida naslli qora mollar bosh soni ko‘paytirilib, chorva zoti yaxshilanib borilmokda. Bundan tashqari, bunday markazlarda mollarning mahsuldorligini oshirish, tumanga olib keladigan sun’iy urug‘lar sifatini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish hamda sun’iy urug‘lantirilgan chorva mollarini nazoratga olib borish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu bilan chorva mollarini chet davlatlardan valyuta hisobiga olib kelmasdan ular naslini o‘zimizda ko‘paytirishga erishilmoqda.