English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi
14:44 / 2022-08-08

Hamkorlarimiz sahifalarida O‘zbekiston

Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi yurtimizda kechayotgan islohotlarni, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga oid muhim voqealarni muntazam yoritadi. Kuni kecha ushbu saytda uzatilgan xabar tadbirkor ayollarimizga yaratilgan imkoniyatlardan guvohlik beradi.

O‘zbekiston Xalq banki ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihasini yo‘lga qo‘ydi, deydi bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova “Trend” muxbiriga.
– Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftarchasi” nomli noyob loyiha yaratdik, deydi u.

Qayd etilishicha, loyiha ishsiz va imkoniyati cheklangan ayollarga qaratilgan. Loyiha doirasida ushbu masala bilan shug‘ullanuvchi alohida platforma va komissiya tuzilgan. 2021 yil boshlangan ushbu loyihani amalga oshirish uchun besh trillion so‘m (460,4 million dollar) yo‘naltirilgani ta’kidlangan.

2022 yil “Ayollar daftarchasi” uchun davlat tomonidan 10 trillion so‘m (920,8 million dollar) ajratildi, dedi boshqaruv raisi o‘rinbosari.

Muharrama Pirmatova, O‘zA