Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki aholi xizmatida
17:20 / 2023-05-11

Buxoroda AT “Xalq banki” viloyat filialining 148 yilligi keng nishonlandi. Bank 1875 yili Toshkent shahrida birlamchi jamg‘arma kassa sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Bankning Respublika bo‘yicha 196 ta filiali, 106 ta bank xizmatlari markazi, 2 ming 200 dan ziyod kassalar tarmog‘i mavjud.

–2023 yilda kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 1,9 trillion so‘mni tashkil qildi, – deydi AT “Xalq banki” Buxoro viloyati filiali boshlig‘ining ayollar va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari Nargiza Latipova. – Shundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilda 5 ming 379 nafar fuqaroga 120,3 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Davlat dasturlari asosida ajratilayotgan kreditlar asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlarida bo‘lgan fuqarolarga ajratilmoqda.  

Xalq banki tomonidan ishlab chiqilgan 250 ta loyihalar asosan aholi bandligini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda. Bank xodimlari kreditlar to‘g‘risida aholiga tushuntirish ishlarini sektorlar va maxallabay kesimida olib bormoqda. Bank tomonidan nafaqa pullar, moddiy yordam va bola pullari o‘z vaqtida aholiga yetkazilmoqda. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarga manzilli yetkazish yo‘lga qo‘yilgan.  

Zarif KOMILOV, O‘zA