Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalkaro forumga tayyorgarlik boshlandi
20:35 / 2021-04-26

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Oliy Majlis Senati Raisi T.Norboyeva olib bordi. Bu hakda Senat axborot xizmati ma’lum kildi.

Yig‘ilishda Tashkiliy qo‘mita a’zolari, Barqaror rivojlanish maqsadlarini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasi, Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili, Yoshlar parlamentlari a’zolari, Buxoro viloyati va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etdi.

2021 yil 9 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlari tomonidan qabul qilingan qo‘shma qaror bilan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumini 2021 yil 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazish, uning konsepsiyasi, reglamenti, tashkiliy qo‘mita tarkibi va chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Yig‘ilishda ushbu masalalar muhokama qilindi va vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, forum doirasida 10-20 iyun kunlari Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toshkent shahrida “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida Barqaror rivojlanish haftaligi o‘tkaziladi.

Haftalik doirasida respublikaning barcha hududlarida turkum tadbirlar tashkil etiladi. Shu jumladan, “O‘zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlari sari” nomli kitob-albomi o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida tayyorlanib, nashr qilinadi.

Qolaversa, ishtirokchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Forumning maxsus veb-sayti yaratiladi, barcha kerakli ma’lumotlar unga joylashtirilib boriladi. Forumda ishtirok etish istagini bildirgan jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlar uchun ushbu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, forum ishtirokchilari uchun madaniy-konsert dasturi tashkil etiladi.

Yig‘ilishda bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘zA