Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xakerlar Trampga aloqador elektron xatlarni chop etmoqchi
10:09 / 2025-07-01

Eronga aloqadorligi taxmin qilinayotgan xakerlar Oq uy apparati rahbari Syuzan Uayls, Prezident Donald Trampning advokati Lindsi Xalligan, maslahatchisi Rojer Stoun va yengil tabiat aktrisa Stormi Deniyelsning akkauntlaridan o‘g‘irlangan 100 gigabaytga yaqin elektron shakldagi pochta xabarlari va maktublarni chop etmoqchi.

“Reyter” yozishicha, navbatdagi tahdid yana boshqa ko‘plab ma’lumotlar oshkor etilishini ham nazarda tutadi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar materiallar sotilishi mumkinligini aytgan, biroq xatlar mazmuniga to‘xtalmagan. May oyida “Wall Street Journal” gazetasi manbalarga tayanib, Oq uydan yana bir ma’lumot sizdirilgani haqida yozgandi. Bu gal xakerlar Syuzan Uaylsning shaxsiy manbalariga kirgan va uning nomidan Kongress a’zolari va korporatsiya rahbarlari bilan bog‘langan. O‘tgan yil Eron agentlari uning elektron manzilini buzib, o‘sha paytdagi saylov oldi kampaniyasida Trampga hamkorlik qilgan vitse-prezident Jey Di Vensning ma’lumotlarini ham qo‘lga kiritgan.

S.Rahimov, O‘zA