Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xakerlar bir yilda dunyo iqtisodiyotiga to‘qqiz trillion dollarlik zarar keltirgan
10:48 / 2021-12-17

Bu investitsiya faoliyatini izdan chiqaradi, deydi Rossiya prezidentining axborot xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Andrey Krutskix.

"Bankirlarning ta’kidlashicha, faqat xakerlar keltirgan zararning o‘zi milliardlab dollarni tashkil etadi. BMT statistikasida keltirilishicha, bu yil faqat maishiy kiberamaliyotlardan jahon iqtisodiyoti 9 trillion dollarlik zarar ko‘rgan va bu raqam yana ikki barobar ko‘payishi mumkin. Bunday sharoitda barqaror investitsiya faoliyatini yuritish haqida o‘ylab ham bo‘lmaydi, natijada esa butun dunyoda ommaviy stagnatsiya boshlanadi", - dedi u siyosatshunoslarning Butunrossiya kongressi o‘tkazgan IX –sessiyasida so‘zga chiqib.

Uning ta’kidlashicha, agar kimdir kiberkengliklarda hujum uyushtirsa, kiberurushlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib aytish mumkinki, hujumni kim qilganini isbotlash va shunga yarasha javob qaytarish juda murakkab ish. Bunga misol tariqasida siyosatchi Natanza AESiga qilingan kiberhujumni keltirdi. Ushbu kiberqo‘poruvchilik Eronga milliard dollar miqdorida zarar keltirgan ekan.