Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xakerlar 17 milliondan ortiq fuqaroning ma’lumotini o‘g‘irlagan
10:57 / 2026-01-11

Amerika kiber xavfsizlik kompaniyasi “Malwarebytes” ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar ijtimoiy tarmoqdagi millionlab akkauntdan axborot o‘g‘irlagan.

- Kiber jinoyatchilar 17,5 million "Instagram" sahifasidan maxfiy, jumladan foydalanuvchi nomi, jismoniy shaxslar manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqa ma’lumotlarni o‘g‘irlagan, - deb yozdi kompaniya ijtimoiy tarmoq sahifasida.

“Notebookcheck” portali xabar qilishicha, mazkur axborotlar fishing hujumi va akkauntni o‘g‘irlash uchun ishlatilishi mumkin. Aytilishicha, ma’lumot sizib chiqishiga sabab bo‘lgan zaiflik yuzaga kelishi 2024 yilga borib taqaladi.

Mazkur tarmoqqa egalik qiluvchi “Meta” kompaniyasi voqeaga hali rasman izoh bergani yo‘q.

S.Rahimov, O‘zA