“Chingiz Aytmatov asarlaridagi nominatsentrik maqollarning semantikasi va strukturasi hamda ularning o‘zbek tilidagi tarjimalarining o‘ziga xosligi (“Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlari misolida)” mavzusida
Xaitova Feruza Saloxiddinovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Chingiz Aytmatov asarlaridagi nominatsentrik maqollarning semantikasi va strukturasi hamda ularning o‘zbek tilidagi tarjimalarining o‘ziga xosligi (“Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” romanlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 22 iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bosh o‘quv binosi 1-qavat, 105 xona.
Tel.: (8366) 239-11-40, 239-18-92
e-mail: rector@samdu.uz