Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XAEA yig‘ilishida radioaktiv xavfsizlik bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi
13:49 / 2025-06-13

Avstriyaning Vena shahrida “Muomaladan chiqarilgan radioaktiv manbalarni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmaning bajarilishi yuzasidan davlatlar o‘rtasida ma’lumot almashish” masalasiga bag‘ishlangan ochiq tarkibdagi texnik va yuridik ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro atom energiyasi agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda mazkur tashkilotga a’zo davlatlar vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etyapti. 

Unda O‘zbekiston nomidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti mas’ul xodimlari Oybek Muhammadjonov va Dilshod Muhammadov qatnashib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, milliy huquqiy asoslar va mavjud imkoniyatlarni milliy taqdimot orqali namoyish etdi.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti mas’ul xodimi Oybek Muhammadjonovning ta’kidlashicha, mazkur tadbir yadro sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

–Yig‘ilishning asosiy maqsadi esa muomaladan chiqarilgan radioaktiv manbalarni xavfsiz boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qilish, mavjud huquqiy va texnik yondashuvlarni tahlil etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda axborot almashinuvini ta’minlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Yig‘ilish yadro xavfsizligini mustahkamlash, radioaktiv materiallarning ruxsatsiz muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni xavfsiz boshqarish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, – dedi u. 

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA