Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xachmazda birinchi gilos festivali
15:32 / 2022-06-26

Hamkorlarimiz sahifalarida

Ozarbayjonning Xachmaz shahrida ilk bor Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar xizmat ko‘rsatish agentligi va Xachmaz viloyati ijro hokimiyati hamkorligida “Gilos va olcha” festivali o‘tkazildi.

“Zafar” istirohat bog‘ida tashkil etilgan anjumanda mehmonlarga agrofirma mahsulotlari taqdim etildi, ishtirokchilar milliy taomlar, shuningdek xorijiy davlatlar oshxonasi namunalari bilan qatnashdi.

Bog‘dorchilik, ayniqsa, gilos yetishtirishga ixtisoslashgan hudud - Xachmazda olcha sayli o‘tkazilishi bejiz emas. Mamlakatdagi gilos bog‘larining 35 foizi, gilos yetishtirishning 42 foizi shu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. Ozarbayjonda yetishtirilgan gilosga tashqi bozorda qiziqish katta. Shuning uchun ham Xachmaz iqtisodiyotida meva eksporti alohida o‘rin tutadi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad bog‘bonlar yetishtirayotgan gilos turlarini namoyish etish, fermer va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishdan iborat. Festival mehmonlari orasida fermerlar, qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlari, olimlar va san’at namoyandalari, mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Bu yerda qiziqarli mevali kompozitsiyalar, gilos va olchadan tayyorlangan turli taomlar, xalq amaliy san’ati asarlari namoyish etildi.

Havaskor va bolalar jamoalari chiqishlari barchani mamnun qildi. Festivalda mutaxassislar tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga maslahat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA