Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xachanov Parijda Jokovichni taslim etdi
11:03 / 2018-11-05

Rossiyalik tennischi Karen Xachanov sovrin jamgʻarmasi 5 444 985 million yevro boʻlgan Rolex Paris Masters musobaqasida gʻolib chiqdi.


Rossiyalik tennischi Karen Xachanov sovrin jamgʻarmasi 5 444 985 million yevro boʻlgan Rolex Paris Masters musobaqasida gʻolib chiqdi.

Karen “Masters“ tasnifiga kiruvchi, oʻzining ilk turniri finalida jahonning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichni magʻlub etdi.

rue40f4c0a474.jpg

Jokovich finalda rossiyalik raqibiga ikki setda 7:5, 6:4 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.

Qayd etib oʻtish joizki, Karen saralash bahslarida Filip Krayinovich bilan 7:5, 6:2, Mettyu Ebden bilan 6:2, 2:0; nimchorakda Djon Izner bilan 6:4, 6:7, 7:6; chorakda Aleksandr Zverev bilan 6:1, 6:2 hamda yarim finalda Dominik Tim bilan 6:4 6:1 natijalarini qayd etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

ruee5e72175be.jpg

rue68d2300821.jpg

Eslatib oʻtamiz, Xachanovdan avval “Masters“ turkumiga kiruvchi turnirni rossiyaliklardan Marat Safin qoʻlga kiritgan va oʻsha voqeaga ham toʻqqiz yildan oshdi.