Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti sammiti boshlandi
09:45 / 2019-04-30

MDH mamlakatlaridan faqat Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan KonfOP (Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi) Xalqaro isteʼmolchilar tashkilotining toʻlaqonli aʼzolari hisoblanadi.


MDH mamlakatlaridan faqat Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan KonfOP (Xalqaro isteʼmolchilar jamiyatlari konfederatsiyasi) Xalqaro isteʼmolchilar tashkilotining toʻlaqonli aʼzolari hisoblanadi.

Bugun Portugaliyaning Eshtoril shahrida “Consumer International”ning (Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti)har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan sammiti boshlandi. Unda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov ham ishtirok etmoqda.

“Consumer International”ning “Isteʼmolchilar raqamli innovatsiya markazida boʻlsin” shiori ostida oʻtayotgan sammitining ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar bugungi tobora globallashib va raqamlashib borayotgan, tovarlar va xizmatlar chegara bilmayotgan dunyoda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish har qachongidan dolzarb masalaga aylanayotganini alohida taʼkidladi.

photo5350587699951676206.jpg

Sammit doirasida isteʼmolchilar huquqlarini onlayn himoyalashda standartlarga amal qilish, kelgusi raqamli davr isteʼmolchilar imkoniyatlarini kengaytirish uchun raqamli savodxonlikni oshirish hamda ushbu sohada muayyan muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish singari masalalarga bagʻishlangan sessiyalar oʻtkazildi.

Sammit ishini 2 mayga qadar davom ettiradi. Oʻsha kuni “Consumer International”ning bosh assambleyasi oʻtkaziladi. Unda tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi uning yangi raisini va 15 nafar kengash aʼzosini saylash uchun ovoz beradi.

Faxriddin Nizomov,

Portugaliya